Ushbu sahifani Valyuta cheklashlari bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Valyuta nazorati — davlat tomonidan chet el valyutasi hamda valyuta boyliklari bilan bogʻliq muomalalarda muayyan cheklashlarning joriy qilinishi. Valyuta cheklashlarning odatdagi koʻrinishi milliy valyutani chet el valyutasiga ayirboshlash. Chet el valyutasini mamlakat hududiga olib kirish va olib chiqib ketish, banklarning valyuta operatsiyalari, banklarning vakillik hisob raqamlariga limitlar joriy etish kabilarda namoyon boʻladi. Valyuta cheklash tadbirlari chet mamlakatlarga oltin va qimmatbaho qogʻozlar chiqarishni cheklash koʻrinishida amal qilib, mamlakat valyuta siyosatining harakterli belgilaridan biri hisoblanadi hamda u toʻlov balansining passivligi, oltin va boshqa valyuta rezervlarining kamayib ketganligi bilan bogʻlik. Dastlab Valyuta cheklash baʼzi davlatlarda (Yevropa davlatlari) Birinchi jahon urushi davrida joriy etilgan va 1929—33-yillardagi jahon iqtisodiy tangligi davrida, ayniqsa keng tus oldi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda faqat AQSH, Kanada, Shveysariya va Lotin Amerikasining bir necha davlatlaridagina valyuta muomalalari cheklanmagan edi. Hozirgi vaqtda deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda V.ch. mutlakr olib tashlangan, Valyuta cheklash amal qilayotganlarida esa uning zaif koʻrinishi qolgan, xolos. Mas., Buyuk Britaniyada Valyuta cheklash 1979-yildan buyon mutlaqo yoʻq. Hozirgi paytda Xalqaro valyuta fondiga aʼzo 60 dan ortiq mamlakatlardagi koʻpgina operatsiyalarda Valyuta cheklash umuman qoʻllanilmaydi. 1992-yilda Yevropa Ittifoqiga aʼzo mamlakatlar valyuta integratsiyasini takomillashtirish yoʻnalishidagi kapitallar harakatida cheklovlar butunlay bekor qilindi. hozirgi Oʻzbekistonda ham valyuta muomalalarini tartibga solishda xorijiy valyutani olib kirish, almashtirish, valyuta muomalalari va boshqalarda qisman Valyuta cheklash joriy qilingan.